2017 yil Yaponiyaga birinchi marta Universitetga kelganimda umuman yapon tilini bilmasdim, lekin Universitetni birinchi kursidan boshlab yapon tili kurslarini ola boshlaganman. Chunki Yaponiyada inglis tilini bilishingiz unchalik katta yordam bermaydi, ko’chada yoki ishda faqatgina yapon tili kerak bo’ladi.
Katta yoshdagi Yaponlarning inglis tilini bilmasligi yoki inglis tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishi yo’qligi meni hayron qoldirgan. Shunday qilib yapon tilini kursini boshladim, eng qizig’i Universitetda ham yapon tilini o’rgatuvchi o’qtuvchilar ham inglis tilini bilmaydi, inglis tilida dars o’tmasdan yapon tilini o’qitadi, Ajoyib a?!
Inglis tilini bilganimni eng foydali tarafi darsliklar Yapon-inglis tilida bo’lgani ya’ni siz yapon-inglis tili darsliklarini juda ko’p topa olasiz, bu esa sizga yapon tilini o’rganishingizni ancha osonlashtiradi. Maslahatim, yapon tilini o’rganishdan oldin albatta bitta tilni o’zlashtiring rus tili bo’ladimi yoki inglis tilimi farqi yo. Chunki bu tillarda yapon tili o’rganish uchun juda ko’p darsliklar, onlayn kurslar topa olasiz, o’zbek tilida yapon tili darsliklari juda ham kam, tarjima borasida ham zor emas. Kelingla ko’p gapirmayinda, sizlarga menga yapon tilini endi boshlaganimda juda foydali bo’lgan kitoblar ro’yxati bilan tanishtirayin, qani ketdik!
Yapon tili o’rganish uchun kitoblar! (Barcha kitoblarni pdf shaklida yuklab oling)
1. Minnano Nihongo 1 va 2 – みんなの日本語 1 va 2
Minna No Nihongo – yapon tilini o’rganish uchun eng ko’p qo’llaniladigan kitoblardan biri va menimcha, bu kitob sizga yapon tili o’rganish atmosferasiga kirish uchun ancha yordam beradi. To’g’ri bu kitob kanjilar bilan boshlab yuborilgan tushuntirish, gap strukturalarida lekin kitob grammatika va eng kerakli so’zlar o’rganish uchun juda ham as qotadi.
Bu kitob ichida grammatika asli inglis tilida tushuntirilgan lekin bu kitobni Minna No Nihongo 1 va 2 chi qismlarini o’zbekchaga tarjima qilinganligini eng yaxshi xabarlardan biri. Bu kitoblarni bemalol saytdan tortib olishingizlar mumkin! Agar inglis tilini bilsaiz inglis tilidagi versiyasidan o’rganing chunki o’zbekchaga tarjima qilishlada oz moz xatoliklar bor.
Bizni Universitet ham boshlang’ichlar uchun shu kitobdan foydalanadi.
Kitobni onlyan yuklab oling (yuklab olish uchun yuklab olish ustiga bosing)
Minna No Nihongo 1 (O’zbekcha versiya) – Yuklab olish
Minna No Nihongo 2 (O’zbekcha versiya) – Yuklab olish
Minna No Nihongo 1 (Ruscha versiya) – Yuklab olish
Minna No Nihongo 1 (Inglizcha versiya) – Yuklab olish
2. Genki – Boshlang’ich yapon tilining integratsiyalashgan kursi
Keyingi tavsiya qiladigan kitobim ham Yaponiya Universitetlarida boshlang’ich yapon tili o’rgatishda keng foydalaniladi Genki kitobi. Masalan APU(Ritsumeikan Osiyo Tinch okeani universiteti) da shu kitobdan boshladi yapon tilini o’rganishni. Agar siz ushbu darslikning tugatsangiz, siz lug’at, grammatika, hiragana, katakana va ba’zi bir asosiy kanji uchun kerakli asoslarga ega bo’lasiz.
Umuman olganda, yapon tili o’rganishni shu kitobdan boshlashni maslahat beraman, boshida oson bo’lib keyinro sekin asta qiyinlashib boradi, afsuski bu kitobni o’zekcha versiyasini topolmadim shuning uchun inglis tilini bilmasangiz birinchi Minna No Nihongo 1 va 2 seriyalarini o’zbekchada o’rganib keyin bu kitobni bir qul ko’zdan kehirib chiqsangiz ham bo’laveradi.
Kitobni onlyan yuklab oling (yuklab olish uchun yuklab olish ustiga bosing)
Genki (Boshlang’ich yapon tilining integratsiyalashgan kursi) – Yuklab olish
3. Kanji Plus- Ko’ring va o’rganging (Kanji kitob)
Albatta yapon tili hirgana va katakana harflari, grammatikasi va so’zlari borasida oz moz o’rganganizdan so’ng siz Yapon tili Kanjilarini o’rganishni boshlashingiz kerak. Chunki Kanjisiz yapon tilini tasavvur qilolmayman, yapon tilida ko’p so’zlar o’qilishi bir xil lekin siz kanji orqali farqlab olaolasiz shuning uchun kanjini o’rganishni maslahat beraman. Ko’pchilik qiyin deb o’ylaydi Kanjini, va uni eslab qolishni lekin boshida to’g’ri qiyin bo’ladi hamma narsa lekin kanjini ma’nolariga borishni boshlaganizdan keyin Kanji juda qiziqarli bo’lishni boshlaydi.
Kitob sizga 512 boshlang’ichdan o’rta darajadagi kanjini o’rgatadi va sizga o’qishni, o’qishga yordam berish uchun xotira maslahatlari mnemonikani o’rgatadi. Xotiraga oid maslahatlar shunchaki hikoyalar emas, balki ular illyustratsiyalar bilan birga keladi! Kanji qayerdan kelib chiqganligini qiziqarli qilib o’rgatib ketgan.
Kitobni onlyan yuklab oling (yuklab olish uchun yuklab olish ustiga bosing)
Kanji Plus – Ko’ring va o’rganging (Kanji kitob) – Yuklab olish
4. Japanese from Zero – Yapon tili Noldan
Yapon tili noldan! bu kitob yapon tilini o’rgatishda oson uslubi bilan mashhur. Ushbu turkumdagi kitoblarning asosiy xususiyati “o’sib boruvchi” tartib bo’lib, oldingi darslarda ular bilan tanishganingizdan so’ng bilishingiz kerak bo’lgan yapon harflarini aralashtirishni o’z ichiga oladi.
Bu 1-kitobda aralash romaji va hiragana, 2-kitobda romaji va katakana va 3-kitobdan boshlab kanji bilan hiragana bilan yozilgan soʻzlarni koʻrasiz. Ba’zi odamlar bu o’rganish uslubini juda intuitiv deb bilishadi, boshqalari esa yo’q.
Boblar yuqori darajada tashkil etilgan va umumiy usluby engil va qiziqarli bo’lib tuyuladi – yaqinda yangilangan rasmlarda yoqimli, chizilgan hayvonlar va belgilar mavjud. Matn ichida amaliyotni rivojlantirish uchun ko’plab mashqlar va o’yinlar mavjud. Javoblar kaliti, lug’at va hatto yaponcha nomlar bo’yicha qo’llanma ham kitob oxirida joylashgan.
Yapon tili noldan kitobi – Yuklab olish
5. Basic Kanji Book – Boshlang’ich Kanji kitobi
Kanji o’rganishda yana bir tavsiya qiladigan kitobim bu – Basic Kanji Book(Boshlang’ich Kanji kitobi). Yangi boshlanuvchilarga asosiy kanji belgilarini o’rgatish uchun mo’ljallangan darslik. U tez-tez ishlatiladigan 250 ta belgini (Kanjini) o’z ichiga oladi.
Har bir bob 10 xil Kanji belgilarini o’rgatadi va har bir bo’lim oxirida ularni turli vaziyatlarda ishlatishni mashq qilishda yordam beradigan viktorina mavjud.Bu juda vizual kitob va juda ko’p rasmlarni o’z ichiga oladi. Men buni to’g’ridan-to’g’ri tarjimalarni yodlashdan ko’ra (ayniqsa Kanji) o’rganishning samarali usuli deb bilaman.
Basic Kanji Book(Boshlang’ich Kanji kitobi) – Yuklab olish
6. どんどん話せる!日本語会話フレーズ大特訓 必須700
Keyingi kitob yapon tilida so’zlashuvni o’stirishga yordam beradigan kitobdir.
Bu ikki tajribali yapon tili o’qituvchisi, biri yapon va biri ingliz tilini o’rganuvchi tomonidan tayyorlangan suhbat amaliyoti kitobidir. Bu sizga yapon tilida aytmoqchi bo’lgan narsani tezda aytishga yordam berish uchun mo’ljallangan. U 5 qismdan iborat 91 birlikdan iborat: Essentials, Functionals, Grammatik, Situations va Mavzular.
Siz ushbu kitobning 700 dan ortiq tez-tez ishlatiladigan asosiy yapon iboralaridan birini ilova qilingan inglizcha → yaponcha → yaponcha (tabiiy) ikki bosqichli amaliyot va boshqalardan foydalanib bilib olasiz. Ingliz tili sifatida uzoq vaqt davomida yapon tilini o’rgatgan muallif, shuningdek, ingliz tilida so’zlashuvchilar uchun tushunish qiyin bo’lgan fikrlar va keng tarqalgan xatolarga e’tibor qaratgan. Romaji barcha iboralar uchun kiritilgan, shuning uchun hatto boshlang’ich darajadagi o’quvchilar ham ularni osongina tushunishlari mumkin.
Yapon tilida ko’p ishlatiladigan 700 ta iboralar kitobi – Yuklab olish
Qiziqarli boshqa maqolalar
Hayotda Kerak Bo’ladigan 5 ta Yapon Falasafasi (Shaxsiy rivojlanish) – O’qish