Startuplarda tezlik — eng muhim komponent(Akmal Paiziev)

Ko‘pincha biz “eng zo‘r g‘oya yutadi” deb o‘ylaymiz.
Aslida esa startup dunyosida g‘oyadan ham muhimroq narsa bor — tezlik.
Agar siz tez harakat qilmasangiz, boshqa kimdir shunday qiladi va u bozorni egallab oladi.

Biz Numeo’da shuni boshidanok bilardik. Yangi fikr kelishi bilan u haqida uzoq bahslashishdan ko‘ra, 2 kun ichida minimal versiyasini tayyorlab, birinchi mijozga chiqarishni ma’qul ko‘ramiz.

Bu konsepsiyani ilk bor Express24’da qo‘llaganmiz — 1 oyda mahsulotni real klientlar bilan ishga tushirganmiz. Oson bo‘lmagan, lekin o‘zimizga qattiq dedlayn qo‘yganmiz.

Numeo’da ham shunday bo‘ldi:

  • 3 haftada MVP tayyor bo‘ldi,

  • 1 oyda birinchi 3 ta mijoz topildi.

👉 Agar biz shuncha vaqt “mukammal mahsulot” yaratishni kutganimizda, bu imkoniyatdan ayrilib qolardik.


Tezlik — bu raqobatdagi ustunlik

  • Tezlik — mijoz fikrini tez olib, shunga qarab o‘zgarish imkoniyati.

  • Tezlik — investorlar e’tiborini tortadigan belgi.

G‘oya — bu 1%. Uni hayotga tatbiq qilish — 99%.
Lekin bu 99% faqat tez va qat’iy harakat qilganlarniki bo‘ladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

David Tokyo

Barchasi Yaponiya haqida

Agar Yaponiya hayoti qiziq bo’lsa, yaponiyada o’qish va ish haqida ma’lumotlani shuyerdan olishingiz mumkin!

Yapon-makoni.uz va Yapon makoni youtube kanali!

Tokyoda Ajoyib Joylari