Nega maslahatlarning ko‘pchiligi hech narsa bermaydi
Hozir startup haqida maslahatlar hamma joyda – bloglar, podkastlar, mentorlar. Lekin ularning katta qismi – shunchaki ovoz. Nima uchun? Chunki maslahatlar umumiy, startup esa har biri – alohida tarix.
“Eng kuchli odamlarni ishga ol” deyishadi. To‘g‘ri gap, lekin sizda pul bo‘lmasa-chi? Kuchli odam katta pul so‘raydi, siz esa hali uni taklif qila olmaysiz.
“Odamlar xohlaydigan narsa yarating” deyishadi. Yomon gap emas. Lekin u narsani qanday qilib topish kerakligini aytmaydi.
Sir shundaki – eshitayotgan gaplarning 90% ini chetga suring va barcha diqqatni foydalanuvchilar qanday harakat qilayotganiga qarating (customer behaviour).
Maslahat bu xarita. Ammo hayot bu haqiqiy landshaft.

