Muzokara — shunchaki shartnoma tuzish emas(Akmal Paiziev)

Muzokara olib borishni men hamkorim — Zafar aka Hoshimovdan o‘rganganman. U kishi muzokara paytida hatto ro‘paradagi insonning ko‘z qarashi va harakatlarigacha e’tibor beradi.

Eng katta va eng murakkab muzokaramiz Yandex bilan bo‘ldi. Bu jarayon qariyb 10 oy davom etdi. Har hafta yangi savol, yangi nuqta, yangi tahrir qilingan “oxirgi versiya” muhokama qilindi.

“Shu bilan tugadimi?” degan savolni 8 marta berdik. Muzokaralar davomida biz bilan katta yuridik kompaniya ishladi, lekin har safar “hali bitta gap bor edi” deb jarayon qayta boshlandi.

Katta kompaniyalar bilan muzokara oson emas.
Qaysi nuqtada kelishuvdan voz kechish yoki qaysi joyda chegara oshmaslik kerakligini bilish — eng muhim jihatlardan biri. Shartnomalar 20–30 betdan iborat bo‘lib, har bir satrda kelishmovchilik ehtimoli yuqori bo‘ladi.


Bu jarayondan men uchun bir nechta muhim saboqlar bo‘ldi:

  • Sabr. U muzokara davomida eng katta qurolingiz bo‘ladi va u tugagach ham kerak bo‘ladi.

  • Muzokaraga shaxmatdek qarash. Oldindan 3–4 qadamni simulyatsiya qilish va ehtimoliy ssenariylarni tasavvur qilish muhim.

  • Maqsad – faqat yutish emas. Agar asosiy maqsad yutuq bo‘lsa, bu jarayonni yomon tajribaga aylantirishi mumkin. Aslida maqsad – ikki tomon uchun ham maqbul yechim topish.

  • Qarshi tomonni tushunish. Ularning manfaatlari, chegaralari va qaysi nuqtalarda murosaga tayyor ekanligini bilish shart.

  • Yumshoq, lekin aniq pozitsiya. Ayrim hollarda qattiq bahslar o‘rniga, savol berish va mantiqiy yondashuv orqali yaxshi natijalarga erishiladi.

  • Muzokarani yuristlar bilan birga boshlash. Shartnoma mablag‘lari muhim bo‘lsa, shartlar undan ham muhimroq bo‘lishi mumkin.

  • Eng asosiysi: muzokaraga kirishishdan oldin qarshi tomon haqida maksimum ma’lumot to‘plash. Ularning oldingi kelishuvlari, qaror qabul qilish jarayoni, gaplashish uslubi va tashkilot ichidagi ta’sir sohalari haqida qancha ko‘p ma’lumot bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bu sizning pozitsiyangizni mustahkamlaydi va noto‘g‘ri taxminlardan saqlaydi.


Xulosa

Muzokara — shunchaki shartnoma tuzish emas, bu ikki tomonning manfaatlarini uyg‘unlashtirish jarayoni.
Unda ssenariy bo‘lmasligi mumkin, lekin reja va tayyorgarlik albatta bo‘lishi kerak.


Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

David Tokyo

Barchasi Yaponiya haqida

Agar Yaponiya hayoti qiziq bo’lsa, yaponiyada o’qish va ish haqida ma’lumotlani shuyerdan olishingiz mumkin!

Yapon-makoni.uz va Yapon makoni youtube kanali!

Tokyoda Ajoyib Joylari