Startuplarda tezlik — eng muhim komponent.

Ko‘pincha biz “eng zo‘r g‘oya yutadi” deb o‘ylaymiz.Aslida esa startup dunyosida g‘oyadan ham muhimroq narsa bor — tezlik.Agar siz tez harakat qilmasangiz, boshqa kimdir shunday qiladi va u bozorni egallab oladi. Biz Numeo’da shuni boshidanok bilardik. Yangi fikr kelishi bilan u haqida uzoq bahslashishdan ko‘ra, 2 kun ichida minimal versiyasini tayyorlab, birinchi mijozga chiqarishni ma’qul […]

Muzokara — shunchaki shartnoma tuzish emas.

Muzokara olib borishni men hamkorim — Zafar aka Hoshimovdan o‘rganganman. U kishi muzokara paytida hatto ro‘paradagi insonning ko‘z qarashi va harakatlarigacha e’tibor beradi. Eng katta va eng murakkab muzokaramiz Yandex bilan bo‘ldi. Bu jarayon qariyb 10 oy davom etdi. Har hafta yangi savol, yangi nuqta, yangi tahrir qilingan “oxirgi versiya” muhokama qilindi. “Shu bilan tugadimi?” […]

Ish berish — ish o‘rni emas, imkoniyat berishdir.

Ko‘p tanishlarim: “Yaxshi ishchi topish qiyin”, “Kompaniyamga xodim kerak”, “Odam yo‘q” degan gaplarni ko‘p aytyapti. Muammo faqat kadrlar emas. Muammo — munosabatda. Ish berish — faqat maosh va vazifa berish emas. Bu — imkoniyat berish. E’tibor berish. O‘rgatish. Ishonish. Kimdadir salohiyat bor. Ammo u o‘zini ko‘rsatishga imkoniyat olmagan. 1. Rezyumega emas, salohiyatga qarang Hamma ham […]

Sodda o‘ylash — muvaffaqiyatga eltuvchi qisqa yo‘l.

Bu fikrlar ayrim startup asoschilari bilan bo‘lgan suhbatlardan keyin paydo bo‘ldi. Ular o‘zlari qilib yurgan ishni uzoq va murakkab qilib tushuntirishardi. Har bir so‘z ortida to‘g‘ri fikr bor edi, lekin ular shu qadar qoplanganki, aslida nima qilishayotganini anglash qiyin edi. Paul Graham aytganidek, haqiqiy aql — sodda fikrlashda. Agar g‘oyangizni 30 soniyada tushuntira olmasangiz, demak […]

Modadan chetda bo‘lish — kuch manbai.

Eng yaxshi startuplar odatda modada bo‘lmagan sohalarda boshlanadi.Facebook avval kollejlar uchun direktoriy edi, o‘sha paytda ijtimoiy tarmoqlar faqat o‘smirlar uchun deb hisoblanardi.Amazon esa kitob sotar edi, internet o‘sha davrda faqat “giklar” uchun edi. Nega bu usul ishlaydi?Chunki modadan chetda bo‘lish — raqobat kamligini anglatadi va siz boshqalar e’tibor bermaydigan foydalanuvchilarga diqqat qaratishga majbur bo‘lasiz. Agar […]

Kichik jamoa — katta tezlik

Ko‘pchilik o‘ylaydi: startup muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun yo yaxshi g‘oya, yo pul, yo tanish-bilish kerak.Lekin haqiqat shundaki — aslida eng katta ustunlik bu tezlik.Va bu tezlik qayerdan keladi? — kichik jamoadan. 3 kishi o‘n daqiqada yechimiga keladigan masala, katta kompaniyada 3 oy va 6 ta yig‘ilish talab qiladi.Chunki u yerda byurokratiya bor, har bir qaror uchun […]

Nega maslahatlarning ko‘pchiligi hech narsa bermaydi – Akmal Paiziev

Nega maslahatlarning ko‘pchiligi hech narsa bermaydi Hozir startup haqida maslahatlar hamma joyda – bloglar, podkastlar, mentorlar. Lekin ularning katta qismi – shunchaki ovoz. Nima uchun? Chunki maslahatlar umumiy, startup esa har biri – alohida tarix. “Eng kuchli odamlarni ishga ol” deyishadi. To‘g‘ri gap, lekin sizda pul bo‘lmasa-chi? Kuchli odam katta pul so‘raydi, siz esa hali […]

Ideal Mahsulot Mijozlar bilan Birga Shakllanadi

Bozorda ideal mahsulot olib chiqish — startaplar uchun emasligini juda qimmat narxda o‘rganganman. Avvalo, “ideallik”ning aniq chegarasi yo‘q. Ideal mahsulot mijozlar bilan birga shakllanadi — ular bilan birgalikda shu yo‘ldan yurish kerak. 2005 yilda avtomobil navigatsiya tizimi ustida ish boshlaganmiz va 2009 yilgacha xarita chizish bilan mashg‘ul bo‘lganmiz. Har doim “xarita ideal emas” deb mahsulotni […]

Yapon Tilini O’rganish Uchun 6 ta Eng Yaxshi Kitoblar

Yapon tili kitoblari

2017 yil Yaponiyaga birinchi marta Universitetga kelganimda umuman yapon tilini bilmasdim, lekin Universitetni birinchi kursidan boshlab yapon tili kurslarini ola boshlaganman. Chunki Yaponiyada inglis tilini bilishingiz unchalik katta yordam bermaydi, ko’chada yoki ishda faqatgina yapon tili kerak bo’ladi. Katta yoshdagi Yaponlarning inglis tilini bilmasligi yoki inglis tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishi yo’qligi meni hayron qoldirgan. Shunday […]