Ko‘pchilik o‘ylaydi: startup muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun yo yaxshi g‘oya, yo pul, yo tanish-bilish kerak.
Lekin haqiqat shundaki — aslida eng katta ustunlik bu tezlik.
Va bu tezlik qayerdan keladi? — kichik jamoadan.
3 kishi o‘n daqiqada yechimiga keladigan masala, katta kompaniyada 3 oy va 6 ta yig‘ilish talab qiladi.
Chunki u yerda byurokratiya bor, har bir qaror uchun to‘rt kishi ovoz berishi kerak, hech kimning “egosi”ni buzib qo‘ymaslik kerak.
Apple, Google, Airbnb — hammasi 2–3 kishi, noutbuk va ularni tinch qo‘ymayotgan muammo bilan boshlangan.
Mening xulosam shunday:
Agar startupingizda 5 tadan ortiq non-technical odam bo‘lib, hali ham daromad yo‘q bo‘lsa — demak, siz hammasini keragidan ortiq murakkab qilib yuborgansiz.
👉 Soddalashtiring. Tez harakat qiling.
Ish natijasi odamlar sonida emas — kun davomida qabul qilinadigan qarorlar sonida.

