Ideal Mahsulot Mijozlar bilan Birga Shakllanadi (Akmal Paiziev)

Bozorda ideal mahsulot olib chiqish — startaplar uchun emasligini juda qimmat narxda o‘rganganman.

Avvalo, “ideallik”ning aniq chegarasi yo‘q. Ideal mahsulot mijozlar bilan birga shakllanadi — ular bilan birgalikda shu yo‘ldan yurish kerak.

2005 yilda avtomobil navigatsiya tizimi ustida ish boshlaganmiz va 2009 yilgacha xarita chizish bilan mashg‘ul bo‘lganmiz. Har doim “xarita ideal emas” deb mahsulotni bozorga chiqarmasdan to‘xtatib turardik. 2009 yilda juda charchaganmiz, va “yo mahsulotni sotamiz, yoki butunlay yopamiz” degan qarorga keldik.

O‘sha paytda 3 ta navigatorimiz bor edi. Torg.uz’ga (hozirgi OLX.uz) qo‘ydik. Ofisimizga kelgan mijozlar ovchilar ekan, adashmaslik uchun navigatsiya kerakligini aytishdi. 450 dollardan xarid qilishdi. Bir haftadan so‘ng telefon qilishdi. Telefoni qo‘rqib oldim, xarita sifati past, qaytarishmoqchi deb o‘ylab. Lekin ular navigator yoqqanligini va do‘stlari ham xarid qilmoqchi ekanligini aytishdi. Yana ikki dona olib ketishdi. Keyin biz Tayvandan 5 ta, keyin 15 ta, keyin 50 va keyin 200 ta navigator olib kela boshladik.

Shu kabi xatoni 2013 yilda Fleetify loyihasida ham takrorladik. Ikki yil mukammal mahsulot tayyorlaymiz deb o‘ylab, uni umuman bozorga chiqarmadik va loyihani yopdik.

Shundan so‘ng tushundim: ideal mahsulot yo‘q. Eng muhimi — mijoz og‘rig‘ini yechish, mahsulotingizda kamchilik bo‘lsa, uni mijoz bilan ochiqcha muhokama qilishdir.

Mahsulotni bozorga qanchalik erta chiqarsangiz, shunchalik yaxshi. Chunki eng yaxshi yo‘l ko‘rsatuvchi — bozorning o‘zi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

David Tokyo

Barchasi Yaponiya haqida

Agar Yaponiya hayoti qiziq bo’lsa, yaponiyada o’qish va ish haqida ma’lumotlani shuyerdan olishingiz mumkin!

Yapon-makoni.uz va Yapon makoni youtube kanali!

Tokyoda Ajoyib Joylari